Jamiyat
Kecha, 25-noyabr kuni O‘zEOAVMA Bosh direksiyasi va Ekspertlar kengashining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zEOAVMAga a’zo tele va radio kanallar rahbarlari, bosh muharrirlari, ijodiy xodimlari, O‘zEOAVMA Ekspertlar kengashi a’zolari, Toshkent shahri “Nuroniy” jamg‘armasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Kun tartibidan O‘zEOAVMAga a’zo tele va radio kanallarning media mahsulotlar tayyorlashda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada kuchaytirish, oila qadriyatlarini, xalq an’analarini ko‘rsatuvlar mazmuniga chuqur singdirish, ayniqsa, mahallarada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun mohiyatini ochib berish singari masalalar o‘rin oldi.
Yig‘ilishda Prezident tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, mahallalarga berilayotgan yuksak e’tiborni bir qator informasion va ijtimoiy loyihalarda yoritib kelayotganligini ta’kidlandi.
Shu bilan birga bu borada tele va radio kanallarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolar aytilib, bu borada badiiy kengashlar faoliyatini tubdan kuchaytirish, mas’ul xodimlarning malaka va mas’uliyatini oshirish borasida o‘z takliflarini bildirdi.
“Sevimli TV” bosh muharriri Q.Saydaliyev oilaviy munosabatlar haqida tayyorlanayotgan ko‘rsatuvlar jamoatchilik va mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullarini ko‘proq jalb etishi, xususan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi xususida o‘z fikrlarini bildirdi. “ZO‘R TV” bosh muharriri F.Yusupova keyingi paytda “Yor-yor” ko‘rsatuvining ijtimoiy mazmunini ko‘chaytirish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilayotganligini, mamlakatimiz jamoatchiligi va tomoshabinlar bildirayotgan taklif va tavsiyalar albatta inobatga olinishini aytib o‘tdi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul xodimi T.Qodirova o‘z so‘zida vazirlik oila va mahalla mavzusidagi ko‘rsatuvlarda vazirlik ekspertlari va mutaxassislari hamda mavjud ma’lumotlari bilan ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirib, O‘zEOAVMAga a’zo barcha teleradiokanallar bilan hamkorlikda yangi loyihalar yaratishga kelishib olinganligini ta’kidladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q