Olimlar COVID-19ʻga qarshi yangi avlod vaksinalari qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi

Saqlash
09:35 / 26.11.2021 874 0

Buyuk Britaniya va Singapurlik olimlar COVID-19ʻga qarshi yangi avlod vaksinalari biriktiruvchi oqsilga qarshi emas, balki replikatsiya oqsillariga qarshi immun javob yaratishi lozimligini bildirishdi. Kelajakda bunday vaksinalar virusni organizmga kirish vaqtidayoq yoʻq qiladigan immun xotira toʻqimalarini faollashtirishi mumkin.

 

Olimlar Londondagi Avliyo Varfolomey shifoxonasi xodimlarining immunologik maʼlumotlarini tadqiq etishdi. Ularning barchasi “qizil hudud”da boʻlishgan va virus hujumiga uchrashgan, ammo ularning 58 nafari kasallanmagan. Ularni oʻrganib chiqqan mutaxassislar ularning T-hujayrali javoblari kuchliroq boʻlganligini va aynan shu jihat infeksiya rivojlanib ulgurmasdan uni toʻxtatganligini aniqlashdi.

Ayni damda mavjud vaksinalar virusning boshqa qismlariga yoʻnaltirilgan, ammo eʼtibor erta bosqichda virus rivojlanishiga yordam beradigan replikatsion-transkripsion oqsillar kompleksiga qaratilsa, infeksiya tarqalishining oldini olish mumkin. Shuning uchun ham, tadqiqot mualliflari fikriga koʻra, keyingi avlod vaksinalari aynan immun xotirasining T-hujayralarini faollashtirishi kerak.

Bu, shuningdek, nafaqat COVID-19, balki boshqa koronaviruslardan ham himoya qiladigan vaksinalarni yaratishga yordam beradi. Shu bilan birga, mutaxassislar T-hujayralarini stimullash orqali virus bilan kasallanishning oldini oladigan va biriktiruvchi oqsilga qarshi antitanachalar yordamida COVID-19ʻga qarshi immunitet ishlab chiqaradigan ikki tomonlama vaksinalarni yaratish imkoniyatini ham istisno etishmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//