Jamiyat
Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, zo‘ravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish bo‘yicha qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Rivojlanayotgan, rivojlangan mamlakatlarda ham bu muammoga barham berish jiddiy choralar ko‘rishni talab qiladi.
O‘zbekistonda ham gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilingan. Bugun, 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori, mayor, Nazokat Tadjiyeva, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, professor Jamila Shermuhammedova, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova va Hulkar Hamrayeva ishtirok etdi.
Ular o‘z ma’ruzalarida jamiyatimizda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchrab turganligi, unga nisbatan birgalikda kurashish lozimligini ta’kidlab, ushbu yo‘nalishda dastlabki qadamlar qo‘yilganligi, mamlakatimizning eng chekka hududlarida ham har bir ayol-qizning sifatli tibbiy xizmat va ta’lim olishi, munosib ish bilan ta’minlanishi, zarur hollarda ijtimoiy himoyalanganligi, eng asosiysi ularning huquqlari davlat tomonidan kafolatlanganligi haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar rejasi asosida targ‘ibot-tashviqot ishlari mamlakatimizning chekka va chegara hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilishi qayd etib o‘tildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q