Iqtisod
Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse-prezidenti Lyudger Shuknext bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va OIIB oʻrtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, mavjud loyihalarni amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning bugungi holati muhokama qilindi.
Energetika, infratuzilmaviy rivojlanish, transport va tibbiyot kabi yoʻnalishlarda umumiy qiymati 2,4 milliard dollardan ortiq boʻlgan 13 ta loyihani oʻz ichiga olgan OIIBning Oʻzbekistondagi joriy investitsiya portfeli hajmining oʻsishining ijobiy dinamikasi qayd etildi. 2023-yil mart oyidan buyon bank tomonidan energetika sohasida loyihalarni amalga oshirish doirasida davlat kafolatisiz 415 million dollari miqdoridagi 3 ta kredit liniyasi maʼqullandi.
Lyudger Shuknext Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va OIIB hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga tayyorligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar qoʻshma loyihalarni sifatli amalga oshirish va oʻzaro munosabatlarning yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan faol hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q