Siyosat
Bu "Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmonida belgilab qo‘yildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi tugatildi.
Farmonga ko‘ra, Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi, o‘z faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir.
Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod Oliy Majlisning palatalari ko‘rib chiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil etiladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q