Jamiyat
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlari oʻrganildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, hududlardagi eng qimmat osh Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan – 29 000 soʻm. Eng arzon palov esa Fargʻona viloyatida (19 200 soʻm) sotilayotgani maʼlum boʻlgan.
2023-yil iyun oyi uchun oʻtkazilgan oʻrganish natijalariga koʻra, 1 porsiya oshning oʻrtacha narxi quyidagicha koʻrinish oldi:
Toshkent shahri – 29 000 soʻm;
Samarqand viloyati – 25 200 soʻm;
Surxondaryo viloyati – 24 800 soʻm;
Buxoro viloyati – 24 400 soʻm;
Qashqadaryo viloyati – 24 200 soʻm;
Jizzax viloyati –23 200 soʻm;
Sirdaryo viloyati – 23 200 soʻm;
Xorazm viloyati – 22 800 soʻm;
Andijon viloyati – 22 200 soʻm;
Toshkent viloyati – 21 800 soʻm;
Qoraqalpogʻiston R. – 20 800 soʻm;
Navoiy viloyati – 20 400 soʻm;
Namangan viloyati – 19 800 soʻm;
Fargʻona viloyati – 19 200 soʻm.
Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan oʻrtacha narxlar asos boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q