Bu hafta Oʻzbekistonda ob-havo nisbatan salqin boʻlishi kutilmoqda

Saqlash
21:58 / 03.07.2023 1115 0

“Oʻzgidromet” joriy hafta davomida kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Qayd etilishicha, yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Qozogʻiston hududlaridan kirib kelgan nisbatan salqin havo massasi bugun salqin havo respublikaning barcha hududlariga tarqala boshladi. Kunduzi havo harorati 33-36 darajagacha, janubda 40 darajagacha pasayadi. Meʼyoriy qiymatlarga yaqin boʻlgan bunday harorat foni ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi.

 

3-7-iyul kunlari ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda, shuningdek, 4-iyulda kechga tomon Fargʻona vodiysi viloyatlari boʻyicha baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

 

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3-4-iyul kunlari eng chekka janubda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan 34-36o boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//