Jamiyat
2023-yilning 2-iyul kuni Xalqlar doʻstligi maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va tegishli vazirliklar hamkorligida “Oʻzbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi.

Unda davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, sportchilar, harbiylar, Milliy gvardiya otliq qismlari, faol yoshlar, OAV vakillari va keng aholi ishtirok etdi.
.jpg)
“Oʻzbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir” deb nomlangan tantanali bayram tadbirini Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, Senator Minhojiddin Hojimatov ochib berdi.

Soʻngra, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi taniqli shoir Rustam Musurmon, Jahon chempioni Bahodir Jalolovlar soʻzga chiqdi.
.jpg)
Vatanni, milliy ramzlarimizni tarannum etuvchi taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi qoʻshiqlar davraga fayz kiritdi. Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi harbiylar ishtirokidagi koʻrgazmali chiqishlar tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
.jpg)

Tadbir yakunida 250 ta dron ishtirokida maxsus shou ham oʻtkazildi.

.jpg)
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74510
Jamiyat
//
Izoh yo‘q