Jamiyat
Issiq kunlarda inson tanasi koʻp suyuqlik yoʻqotadi. Bunday paytda organizmning suv balansini kerakli ichimliklar bilan tiklash juda muhim, deya tavsiya qilmoqda SSV.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, chanqoq payti oddiy suvdan tashqari oʻsimlik choylari (romashka, yalpiz va boshqalar), olcha, olxoʻri kabi nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar va albatta, ayron ichish juda foydali.
Ayron chanqoqni bosishi bilan birga, ishtahani ham koʻtaradi, ichak mikroflorasini tozalaydi, nafas olish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi, immunitet va asab tizimi uchun ham koni foyda.
Koʻp ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchrashi ham isbotlangan.
Yana shunday mahsulotlar borki, ular ham chanqoqni yaxshi bosadi. Bularga bodring, selderey, qovun, tarvuz, apelsin kiradi.
Ayniqsa, yozgi taom boʻlmish okroshka ham chanqoqni bosadi hamda u kerakli mikroelement va vitaminlarga boydir.
Biroq yozda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar tarkibi tez buzilishini eʼtiborga olsak, bozorlarda, yoʻl yoqalarida sotiladigan qoʻlbola hamda yaroqlilik muddati oʻtgan ichimliklarni ichish salomatlik uchun xavfli.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
112389
Jamiyat
95049
Jamiyat
91250
Jamiyat
75961
Jamiyat
//
Izoh yo‘q