 
                   
                    Ilm-fan
Tasavvuf va tafsir ilmi rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan qomusiy olim Al Hakim at-Termiziyning Qurʼon sharhiga bagʻishlangan ilk asari bugungacha “yoʻqolgan” deb kelinar edi.
OʻzAning maʼlum qilishicha, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Joʻrabek Choʻtmatovning izlanishlari samarasi oʻlaroq ushbu asar qoʻlyozmasi Turkiyaning Burdur shahridan topildi va u nashrga tayyorlandi.
Dunyo tadqiqotchilari eʼtiboriga havola etish maqsadida asar arab tilida Istanbul shahridagi “Dor al-kutub-arabiyya” nashriyotida “Bahr at-tafsir” (“Tafsir ummoni”) nomi bilan chop etildi. Asarni oʻzbek tilida ham nashr etish koʻzda tutilgan.
Maʼlumot uchun, Al Hakim at-Termiziy (820-932) 400 dan ortiq kitob yozgan boʻlib, ulardan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Istanbul va London kabi shaharlardagi qoʻlyozmalar jamgʻarmalarida saqlanadi.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109666
             109666
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q