Jamiyat
20-iyun kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida 18 yoshli yigit ariqda oqib ketayotgan qizchani qutqarib qoldi.
Voqea Qibray tumani Xoʻjaqoʻrgʻon mahallasidan oqib oʻtuvchi “Oqtepa” kanalining qoʻshiluvchi Zagʻariqda joriy yilning 18-iyun kuni taxminan soat 19:05 atrofida sodir boʻlgan.
Behush holda oqib kelayotgan goʻdakni shu yerdan oʻtib ketayotgan yoʻlovchi — Yusufbek Tojiboyev tomonidan qutqarib qoldi. Mazkur voqeaning aks etgan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlim masʼullari, endigina 2 yoshga toʻlgan, 2021-yilda tugʻilgan Muslima Abdullayevani qutqarib, hayotini asrab qolgan Yusufbek Tojiboyevga minnatdorchilik bildirib, unga boʻlim tomonidan tashakkurnoma va sovgʻa topshirildi.
Hozir Muslima tibbiyot xodimlari nazoratiga olingan boʻlib, sogʻligi yaxshi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q