Jamiyat
«Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent davlat texnika universitetining 54-talabalar turar-joyini borib koʻrdi», - deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
Qayd etilishicha, yotoqxonani koʻzdan kechirish jarayonida binoda internet tezligi yetarli emasligi, sport zal yoʻqligi, shuningdek, talabalar darsliklar bilan toʻliq taʼminlanmagani, badiiy adabiyotlar tanqisligi, dars tayyorlashga moʻljallangan xonalarda gilam va yoritgichlar yetishmasligi, maʼnaviyat xonasidan deyarli foydalanmaslik holatlari aniqlangan.
“Oʻrganishlar soʻngida vazir mazkur oliy taʼlim muassasasi rahbariyatiga qisqa muddatda yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq berdi”, - deyiladi xabarda.
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110764
Jamiyat
94443
Jamiyat
90355
Jamiyat
74234
Jamiyat
//
Izoh yo‘q