Hafta davomida ob-havo qanday boʻladi?

Saqlash
22:01 / 26.06.2023 2149 0

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, bu yil “Chilla” davri salqin ob-havo bilan boshlandi.

 

25-iyun kuni Kavkaz hududlaridan salqin havoning yana bir qismi kirib kelishi hisobiga havo harorati 29-32 darajagacha, baʼzi joylarda esa undan ham pastroq boʻladi. Kechasi va ertalab salqin havo yaxshi sezilmoqda, hududlarning katta qismida harorat kechasi 15-18 darajaga pasaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida kunduzgi harorat 40-42 daraja boʻlgan issiq ob-havo saqlanib turdi. Respublikaning bir qator tumanlarida biroz yomgʻir yogʻdi.

 

Bugun respublika boʻyicha harorat 30-33 daraja, janubda 39-41 daraja boʻlgan salqin ob-havo saqlanib turadi.

 

27-iyun-30-iyun kunlari havo harorati biroz koʻtariladi va 34-37 daraja, janubda 39-41 darajagacha atrofida boʻladi.

 

Faqat shanba va yakshanba kunlari 1-2-iyulda Oʻzbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va kunduzgi harorat yana 38-40 darajagacha, janubda baʼzi joylarda 42 darajagacha koʻtariladi.

 

Ushbu haftaning oxirigacha respublika boʻyicha havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi hududlari bilan chegaradosh togʻ oldi va togʻli hududlarda 26-28-iyun kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

 

26-iyunda shimolda, 27-29-iyunda respublikada baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

 

Poytaxtda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol birozdan oʻrtachagacha esadi. Harorat bugun kunduzi 32-34 daraja, 27-iyun-30-iyunda 34-37 daraja, 1-2-iyulda 37-40 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//