Madaniyat
Avvalroq, Andijon viloyatida “Ziyolilar forumi” tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Unda professor Narzulla Joʻrayev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova hamda Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktor oʻrinbosari Munira Qahhorova ishtirok etdi.
Tadbirda professorlardan biri barcha telekanallar orqali maqom vaqti tashkil etilishini taklif etdi. Shundan soʻng Gulbahor Erqulova maqom haqida soʻz yuritdi.
“Fikringizga qoʻshilaman. 30 ta telekanal boʻlsa, barchasidan bir xil yuzlar chiqadi. Baʼzida tomoshabin charchaydi ham, menimcha.
Toʻgʻri, barchasini oʻz oʻrni bor. Estrada ham, lirikada ham, maqomda ham ijod qilish kerak. Cheklashga qarshiman. Ammo maqomni zerikarli deb ataydiganlarga qarshi chiqishga majburman. Maqomni men ijod qiladigan yoʻnalish boʻlgani uchun emas, milliyligimizni oʻzida aks ettirgani uchun qadrlayman. Aslida men ham juda zamonaviy insonman. Yaqindan taniydiganlar biladi.
Hatto boshlangʻich sinfni rus tilida oʻqiganman. Lekin oʻzbek tili hamda milliy qadriyatlar, anʼanalarga zid ish qilsam oʻzimni gunohkordek his qilaman. Bu holatga kimdir vatanparvarlik deb taʼrif berar, yana kimdir koʻzboʻyamachilik. Menga boshqalarni qanday qarashi ahamiyatsiz”, dedi u.
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q