Madaniyat
Ozarboyjonning Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan Oltinchi Mugʻom olami xalqaro musiqa festivali doirasida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fotorassom Husniddin Atoning “Mugʻom ijrochilari” nomli maxsus fotokoʻrgazmasi tashkil etildi.
Haydar Aliyev fondi hamda Ozarboyjon Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmada muallifning Oʻzbekiston, Ozarboyjon, Hindiston, Pokiston hamda afgʻon, uygʻur maqom, mugʻom, muqom, kavalli va yana bir qancha mumtoz va xalq musiqa ijrochilarining 2007-yildan buyon olingan 20 dan ortiq fotosuratlari oʻrin olgan.
Ushbu fotokoʻrgazma musiqachi, madaniyat va sanʼat menejeri, anʼanaviy hamda xalq musiqa targʻibotchisi Husniddin Atoning anʼanaviy musiqa ijrochilarining qoʻllab-quvvatloviga bagʻishlangan yana bir tashabbusi hisoblanadi.





Koʻrgazma 26-iyunga qadar Bokudagi Tosh Solnoma muzeyida davom etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
112166
Jamiyat
94848
Jamiyat
90920
Jamiyat
75705
Jamiyat
//
Izoh yo‘q