Uchtepa hokimligining qator rahbarlari ishdan olindi

Saqlash
21:27 / 24.11.2021 944 0

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev boshchiligida Uchtepa tumani hokimligida yigʻilish boʻlib oʻtdi, deya xabar berdi hokimlik axborot xizmati.

 

Qayd qilinishicha, sektor rahbarlari, shahar hokimi oʻrinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar masʼullari ishtirok etgan tadbirda Ishchi guruh tomonidan Uchtepa tumanida aniqlangan xato va kamchiliklarga jiddiy baho berilgan.

 

«J.Ortiqxoʻjayev amalga oshirilgan ijobiy ishlarni eʼtirof etgan holda koʻpgina sohalarda baʼzi masʼullarning oʻz vazifasiga loqayd, masʼuliyatsizlik, yuzaki yondashish holatlari hamon mavjud ekanligini keskin tanqid qildi. 

 

Ishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun tuman hokimining oʻrinbosarlari N. Ismatov, L. Almanov, maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi N. Xantoʻrayeva, xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi Oʻ. Qurbonov hamda turizm va sport boʻlimi boshligʻi B. Nasibaliyev lavozimidan ozod etildi. Tuman hokimi F. Abdullayevga hayfsan berildi», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//