Jamiyat
Kvota toʻgʻrisidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini toʻlab berish qayd etilgan.
Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz toʻlab beriladi. Buning uchun magistraturada oʻqiyotgan xotin-qizlar har yili 15 sentabrgacha oʻzi oʻqiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti toʻlanmaydi. Talabgorlarning arizalari yigʻilib, OTM tegishli boʻlgan vazirlikka yuboriladi.
15 oktabrgacha OTM rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini toʻlab berish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Maʼlumot uchun, magistratura uchun chet tili sertifikati majburiydir. Bunda filologiya taʼlim yoʻnalishlari uchun sertifikat darajasi kamida C1, boshqa barcha taʼlim yoʻnalishlari uchun esa B2 boʻlishi kerak.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
109708
Jamiyat
94093
Jamiyat
89877
Jamiyat
73058
Jamiyat
//
Izoh yo‘q