O'rni kelsa yoshlardan oʻrganyapmiz – Tolib Xojiyev

Saqlash
20:17 / 18.06.2023 1736 0

“Maʼrifat” targʻibotchilari “Yoshlar oyligi” doirasida Samarqand shahrida maʼrifiy tadbirlar oʻtkazishda davom etmoqda.

 

Xususan, bir guruh targʻibotchilar tomonidan Pastdargʻom tumanidagi 65-sonli maktabda “Maʼrifat soati” tashkil etildi. Unda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari siyosiy fanlari doktori professor Narzulla Joʻrayev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tolib Xojiyev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boʻlim boshligʻi  Farogʻat Xudoyqulovalar ishtirok etdi.

 

“Samarqand azaldan sivilizatsiya markazi boʻlgan. Shu sabab boʻlsa kerak bu viloyatdan ziyolilar, olimlar, umuman jamiyat rivojiga hissa qoʻshadigan insonlar koʻp yetishib chiqadi. 

 

Shunday ekan yoshlardan bunga munosib boʻlish talab etiladi. Yaʼni samarqandlik boʻlish ham masʼuliyat, ham imkoniyatdir. Toʻgʻri zamon oʻzgarmoqda. Kechagi kun talabi bugunga mos kelmasligi mumkin. Endi yoshlarga qarata togʻangdan yoki akangdan oʻrnak olsang boʻlmaydimi, deb soʻrash xato. Zero, bugun oʻrni kelganda yoshlardan oʻrganayotganimiz ham yoʻq emas. 

 

Deylik, IT yoki SMM kabi zamonaviy kasblar koʻpaymoqda. Lekin bir narsani unutmaslik kerak, tarixsiz kelajak boʻlmaydi. Tarix, ona tili, adabiyot kabilarni bilmagan avlod oʻz sohasida bilimli boʻlishi mumkindir, biroq savod borasida uyaltirib qoʻyishyapti”, dedi Tolib Xojiyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//