Siyosat
Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, 16-iyun kuni Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokida O‘zbekiston Respulikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda “Gazprom” OAJ Boshqaruvi Raisi Aleksey Miller imzoladi.
Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2022-yilning noyabr oxirida Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston hududi orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni yaratish masalasini muhokama qilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q