Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishining chaqalogʻini qiynab videotasvirga olgani va uni xorijda ishlayotgan eriga joʻnatgani aytilgan videotasvir tarqaldi.
Andijon viloyati IIB bergan rasmiy maʼlumotga koʻra, holat Ulugʻnor tumanining Choʻlobod mahallasida yashovchi, 21 yoshli Sh.O ismli ayol va uning 5 oylik farzandi bilan sodir boʻlgan.
Ayol Rossiyada ishlayotgan turmush oʻrtogʻiga oʻzaro oʻrtalaridagi oilaviy kelishmovchilik sababli 2023-yilning 13-iyun kuni farzandini yigʻlatgan holda videoga olgan va Telegram messenjeri orqali joʻnatgan.
Ushbu video xabarlar ijtimoiy tarmoqlarga tarqalganidan soʻng ayolning oʻzi 14-iyun kuni viloyat IIBga murojaat qilib, unda videotasvir haqiqatda oʻzi tomonidan olingani biroq turmush oʻrtogʻi uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, obroʻsizlantirayotganini maʼlum qilgan va unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Hozirda Sh.O. ning farzandiga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan va Andijon viloyati, Ulugʻnor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Holat boʻyicha guvohlarning vajlari toʻliq tekshirilishi, holatga toʻliq oydinlik kiritilishi maʼlum qilingan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q