Bugun ham Toshkentning 4 tumanidagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha oʻchirildi

Saqlash
16:43 / 14.06.2023 1067 0

14-iyun kuni Toshkent shahridagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida elektr qurilmalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari sababli elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

“Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish” maqsadida quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:

 

Yashnobod tumanining: “Shohsanam”, “Katta Yangiobod”, “Aviasozlar”, “Navroʻzobod”, “Parvoz” hamda “Dilbogʻ” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

 

Uchtepa tumanining: “Bogʻiston” MFYning 4 ta koʻp qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;

 

Yakkasaroy tumanining: “Muqimiy” MFY hududida soat 17:00 gacha;

 

Chilonzor tumanining: “Doʻmbirobod” hamda “1-Charx Kamolon” MFYlari hududida soat 18:00 gacha;

 

Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.

 

Qayd etish kerak, kecha, 13-iyun kuni ham poytaxtning 6 tumanida elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar berilgandi. Rasmiylar Toshkentdagi elektr taʼminotida kuzatilayotgan uzilishlar rejaviy uzilishlar hisoblanishini maʼlum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//