Sport
Qozogʻistonning Olmaota shahrida shaxmat boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda 18 ta davlatdan, jumladan, Qozogʻiston, Xitoy, Hindiston, Eron, Filippin, Shri-Lanka, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur va Oʻzbekistondan kelgan 127 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Shaxmat boʻyicha “Osiyo qiroli” unvoni oʻzbekistonlik grossmeyster Shamsiddin Vohidovga (FIDE reytingi — 2583) nasib etdi, u 7 ochko toʻplab, musobaqa gʻolibi boʻldi. Kumush medalni eronlik grossmeyster Bardiya Daneshvar (2555), bronza medalni qozogʻistonlik shaxmatchi Alisher Suleymenov (2463) qoʻlga kiritdi. Har ikkala sportchi 6,5 ochko toʻpladi.
Shu bilan birga, ochiq blis turnirda qozogʻistonlik 20 yoshli Aristan Isanjulov chempion boʻldi. Ayollar oʻrtasida yana bir qozogʻistonlik 18 yoshli Kseniya Balabayeva gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Endi musobaqaning eng yaxshi olti ishtirokchisi, jumladan Shamsiddin Vohidov ham 29-iyuldan 26-avgustgacha Boku shahrida boʻlib oʻtadigan jahon kubogida ishtirok etadi. Musobaqa finalchilari jahon shaxmat toji uchun nomzodlar turniriga yoʻl oladi. Uning gʻolibi jahon chempioni, xitoylik Din Lijen bilan shaxmat toji uchun bahslashadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q