Xalq taʼlimi vaziri ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan maktabga bordi

Saqlash
15:06 / 24.11.2021 827 0

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqda tanqid ostiga olingan maktab holatini oʻrganish uchun Qashqadaryo viloyatiga bordi, deya xabar bermoqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati.


Xabarga koʻra, oʻrganish natijasida 338 nafar oʻquvchi tahsil oladigan maktab 1985-yilda qurilgan boʻlib, haqiqatdan ham talabga javob bermasligi maʼlum boʻlgan. Xalq taʼlimi vaziri maktabni kelgusi yil investitsiya dasturiga kiritish yuzasidan tegishli masʼullarga koʻrsatmalar bergan. Shuningdek, vazir maktab pedagoglari bilan ham suhbatlashib, oʻquvchilarga vazir darsini oʻtib bergan.
 

“Maktabingizni investitsiya dasturiga kiritib, holatini imkon boricha tez fursatlarda yaxshilab berishga harakat qilamiz. Bugun sizlardan soʻraydigan narsam, oʻzingiz taʼlim va tarbiya berayotgan oʻquvchilar orqali oilalarga maʼnaviyat va maʼrifat olib kirishingiz kerak. Har bir bola orqali biz jamiyatga maʼrifat ulasha olishimiz kerak. Shunda oldimizga qoʻyilgan maqsadga erishamiz”, — degan u oʻqituvchilar bilan suhbatda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//