Andijon viloyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Saqlash
09:55 / 10.03.2026 91 0

Bugun, 10-mart kuni Yunusova Nigoraxon Yusupjonovna Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.

 

Yunusova Nigoraxon 1981-yilda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. 2003-yilda Fargʻona davlat universitetini (sirtqi) tamomlagan. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filiali direktori vazifasida faoliyat olib borgan.

 

Shuningdek, Mirzayev Adxamjon Akramovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi farmoyishiga muvofiq, besh yil muddatga Andijon viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

 

Adxamjon Mirzayev ham 1981-yilda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Namangan viloyat sudi raisining oʻrinbosari — jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//