Jamiyat
Saida Mirziyoyeva Angor tumanidagi 9-maktabni ko‘zdan kechirib, chekka hududlardagi ayrim maktablar ahvoli nihoyatda ayanchli ekaniga guvoh bo‘ldi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
“Afsuski, chekka hududlardagi ayrim maktablarimizning ahvoli nihoyatda ayanchli. Men Angor tumanidagi 9-maktabni ko‘zdan kechirib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim. Bu yerda eng birlamchi sharoitlar ham yo‘qligi, kommunikatsiya, maktab jihozlari, hattoki o‘quvchilar uchun joy yetarli emasligini ko‘rish men uchun og‘riqli bo‘ldi”, — degan Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri.
Uning ta’kidlashicha, maktablarga ehtiyoj muntazam ravishda oshyapti. Tug‘ilishlar soni yildan yilga ko‘pligi uchun ham baʼzi maktablarda bitta sinfda 40 tagacha o‘quvchi o‘tirgani ham bor gap. Hali yana ko‘plab o‘quv o‘rinlari barpo etilishi kerak. Bu og‘ir jarayon. Lekin bu muammolarni hal etmaslikning iloji yo‘q, o‘quvchilarga sharoit yaratmasdan turib, taʼlim sifatida haqida gapirish befoyda.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
“Taʼlimsiz taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi deb doim bong urib kelayotgan prezidentimizning asosiy ustuvor maqsadlaridan biri ham taʼlim ekanligi bejiz emas. Prezident dalani emas bolani tanladilar. O‘qituvchilar paxta balosidan ozod bo‘ldi. Ularni taʼlimdan boshqa majburiy mehnatga jalb qilish kabi holatlar uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazo choralari belgilandi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Uning qayd etishicha, boshlang‘ich sinflar uchun zamonaviy o‘qitish tizimi shu yil sentabr oyidan joriy etilyapti. Ingliz tilini o‘rgatish uchun xorijdan chet tili mutaxassislari olib kelinyapti, maktablar uchun zamonaviy jihozlar ajratilyapti. Bularning barchasi — ushbu yo‘nalishdagi ishlarning ayrimlari xolos.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
“Tez orada ushbu maktabni taʼmirlash va qayta jihozlash ishlari boshlanadi. Lekin bu ishlar kimdir kelgani uchun emas, tizimli yo‘lga qo‘yilishi va har kuni davom ettirilishi kerak. Toki eng chekka qishloq maktabirida ham eng kamida zarur sharoit bo‘lsin. Ana shundagina biz ko‘zlagan maqsadimiz — sifatli taʼlimga erisha olamiz”, — deb ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q