Jamiyat
2-iyun kuni Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida temiryoʻlda 7 yoshli bolani qutqarib qolgan ayolning oʻzini poyezd bosib ketdi.
Bosh prokuraturaning “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, soat 10:40 da 42 yoshli ayol D.M. piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻzi bilan birga bir yoʻnalishda ketayotgan 7 yoshli bolaga yoʻlovchi poyezdi yaqinlashib kelayotganini koʻrgan. Shundan soʻng voyaga yetmagan N.U.ning yelkasidan turtib, uni chetga chiqarib yuborgan. Ammo oʻzi poyezddan qochishga ulgurmagani sababli poyezd ayolni urib yuborgan va oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan.
Marhuma maktabda farrosh boʻlib ishlagan, oilali, 3 nafar farzandi boʻlgan.
Holat yuzasidan transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Нодира
12:01 / 01.01.1970
Яқинларига сабр берсин, бир инсонни асраб қолибди