Jamiyat
12-iyun kuni Toshkent shahrining Shayxontoxur tumanidagi istirohat bog‘ida 24 yoshli erkak va 30 yoshli ayol attraksiondan tushib ketdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Milliy gvardiyasi matbuot xizmati.
Voqea taxminan soat 22:10 da “Anhor-Lokomotiv” ko‘ngilochar bog‘ida sodir bo‘lgan. Milliy gvardiya ma’lumotlariga ko‘ra, “Tegirmon” attraksionida harakatlanayotgan B.E. va T.M. xavfsizlik kamarini taqmagan va attraksion harakatlanayotgan chog‘ida yiqilib tushgan.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tez yordam chaqirib, shifokorlar yetib kelguniga qadar jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Ular Chilonzor tumanidagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112400
Jamiyat
95060
Jamiyat
91271
Jamiyat
75971
Jamiyat
//
Izoh yo‘q