Jamiyat
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.
Shavkat Mirziyoyevning oʻz saylovoldi dasturida aytishicha, buning uchun uzunligi 465 kilometr boʻlgan “Buxoro–Urganch–Xiva” va uzunligi 196 kilometr boʻlgan “Miskin–Nukus” temiryoʻl liniyalari elektrlashtiriladi. Bu loyihaga 460 million dollar yoʻnaltiriladi.
Liniya ishga tushirilgach, “Toshkent–Samarqand–Buxoro–Xiva” anʼanaviy turistik zanjiriga Qoraqalpogʻiston ham qoʻshiladi.
“Natijada, xorijiy va mahalliy sayyohlarning yurtimizda 4-5 kungacha boʻlishini taʼminlash, turistik xizmatlar eksportini 100 million dollarga yetkazish imkoniyati yaratiladi”, – dedi Mirziyoyev.
Nomzodning soʻzlariga koʻra, Ellikqalʼa, Qoʻngʻirot va Moʻynoq tumanlari turizmga ixtisoslashtiriladi. Toʻrtkoʻl, Beruniy, Amudaryo, Xoʻjayli, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirotda yoʻl-savdo infratuzilmasi kengaytiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111900
Jamiyat
94690
Jamiyat
90690
Jamiyat
75399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q