Jamiyat
26-iyun kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmush oʻrtogʻi Tatyana Karimovaga nisbatan fuqarolik ishi koʻrib chiqiladi — daʼvogar Islom Karimovning birinchi nikohidan boʻlgan farzandi Pyotr Karimov.
Toshkent shahar sudi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotda daʼvo predmeti vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ekanini koʻrish mumkin.
Birinchi instansiya sudida ishni sudya Aziz Rahmonov koʻrib chiqadi.
Bu Pyotr Karimovning otasi vafotidan keyingi ilk daʼvosi emas. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasida bir necha yil ishlagan Pyotr Karimov 2018-yilda Moskvadagi sud orqali ish beruvchidan oʻziga belgilangan pul mablagʻlarini undirib berishni soʻragan edi. Yil oxiriga kelib masala boʻyicha daʼvogar va javobgar oʻrtasida muddatdan avval kelishuvga erishilgani tufayli ish tugatilgan.
Pyotr Karimov – Islom Karimovning oʻtgan asrning 60-yillarida uylangan birinchi rafiqasi Natalya Petrovna Kuchmadan tugʻilgan katta farzandi hisoblanadi. Bu haqdagi rasmiy maʼlumotlar Islom Karimov vafotidan keyin ochiqlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q