Siyosat
Oʻzbekistonda yangi oʻquv yilidan boshlab, OTMda oʻqiyotgan xotin-qizlar uchun kim toʻlashidan qatʼi nazar, kontrakt toʻlovi daromad soligʻidan ozod qilinadi.
Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpogʻistonlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi. Hozirda ushbu imtiyoz farzandi va turmush oʻrtogʻi uchun kontrakt toʻlaganlarga qoʻllanilar edi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻistonda agrotexnologiyalar va muhandislik yoʻnalishlarida yetakchi xorijiy oliygohlarning filiallari hamda Nukusda Raqamli texnologiyalar instituti ochiladi.
“Umuman, biz Qoraqalpogʻistonda oliy taʼlim qamrovini kelgusi yilning oʻzida 50 foizga yetkazamiz. Buning uchun chet ellarda oʻqiyotgan yoshlarimizning oʻqishini yurtimiz oliygohlariga davlat granti asosida koʻchirish amaliyotini yoʻlga qoʻyamiz”, — deb taʼkidladi nomzod.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q