Sport
“Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Xalqaro etnosport festivali 2023-yil 7–10-sentyabr kunlari Xivada oʻtkaziladi.
Qaror bilan festivalni oʻtkazish tartibi boʻyicha nizom tasdiqlandi.
Unga koʻra, festival har 2 yilda bir marta oʻtkaziladi.
Festival doirasida, jumladan, quyidagilar tashkil etiladi:
sportchilar ishtirokida xalqaro musobaqalar;
ikki bosqichli milliy osh pishirish chempionati;
naqqoshlik va kashtadoʻzlik sanʼati koʻrgazmasi;
kulolchilik mahsulotlari koʻrgazmasi;
oʻzbek, fors, arab, rus tillarida nashr etilgan adabiyotlar namoyishi.
Festival doirasida xalqaro musobaqa gʻolib va sovrindorlari medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, sport tadbirlari ishtirokchilari orasidan “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan eng yaxshi sportchi”, “Faxriy sportchi” kabi nominatsiyalar boʻyicha sovrindorlar aniqlanib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishi nazarda tutilgan.
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110822
Jamiyat
94464
Jamiyat
90385
Jamiyat
74296
Jamiyat
//
Izoh yo‘q