 
                   
                    Ilm-fan
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Oʻzbek maktabi” tomonidan “Xorijliklar uchun Oʻzbek tili” (A2 daraja uchun) darsligi yaratildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Kitob oʻzbek tilidan boshlangʻich bilimga ega qiziquvchilarga moʻljallangan. Ushbu darslik A1 daraja uchun moʻljallangan darslikning uzviy davomi sifatida toʻrtta til koʻnikmasi (gapirish, yozish, oʻqish, tinglash) asosida A2 darajasidagi bilimlarni berishni koʻzda tutadi.
Darslikning yuqori sifati, amaliy ahamiyatini yanada oshirish uchun audio va video materiallar havola qilingan. Bundan tashqari til oʻrganuvchi bir paytning oʻzida oʻzbek madaniyatiga oid soʻzlar, soʻzlashuvda faol iboralar bilan ham tanishtirib boriladi.

“Ushbu darslik shu yoʻnalishda yaratilgan mavjud oʻzbek tili qoʻllanmalaridan inglizcha koʻrsatma va izohlarning berilishi, har bir darsda ishlatilgan soʻzlarning ingliz, fransuz, koreys, turk, rus tillaridagi tarjimasi koʻrsatilgani bilan ajralib turadi. Har bir mavzu yakunida berilgan xilma-xil topshiriqlar, QR kodlarda keltirilgan video lavhalar, immitatsion audiolar oʻrganuvchini tanqidiy fikrlashga, nutq vaziyatiga moslashishga, lugʻat materiallar esa soʻz zaxirasini yanada boyitishga xizmat qiladi”, – deyiladi xabarda.
Darslik yordamida til oʻrganuvchilar tanish vaziyatlarda kerakli til vositalarini tanlash, oddiy vaziyatlarda ogʻzaki va yozma nutqda fikrlarni uzviy ifoda eta olish singari pragmatik kompetensiyalarni egallashlari maqsad qilingan.
Mazkur darsliklar yordamida xorijliklar mustaqil yoki oʻqituvchi yordamida oʻzbek tilini bemalol boshlangʻich darajada oʻrganishlari mumkin.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109666
             109666
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q