Energetika vaziriga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Saqlash
20:37 / 12.06.2023 1108 0

Energetika vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi. Unga ko‘ra. ushbu lavozimda endilikda Toshxo‘jayev Hasan Javlonovich ish olib boradi. 

 

Hasan Toshxo‘jayev mehnat faoliyati davomida “Qishloq hayoti” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasida, “Xalq so‘zi” – “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2019 – 2020-yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shuningdek, “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi, Iste’molchilarni himoya qilish agentligi Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar u Xalqaro press-klubning Monitoring va tahlil bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//