Jamiyat
2023-2024 yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 20,7 km uzunlikdagi “turizm halqasi” loyihasi barpo etiladi.
Bu haqda joriy yil 7-iyun kuni imzolangan Prezidentning PQ-182 son qarorida gap boradi.
Qaror bilan Hukumatga bir oy muddatda poytaxtdagi Chorsu va Eski juva dehqon bozorlari hududini tartibga keltirish va turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan qarorni qabul qilishi lozim.
Hukumat hujjatida bozor hududidagi tartibsiz qurilmalar o‘rniga loyiha asosida zamonaviy savdo rastalarini joylashtirish, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko‘p qavatli avtoturargoh tashkil etish hamda piyodalar yo‘laklarini qurish va irrigatsiya tarmoqarini yangilash kabilar e’tiborga olinadi.
Shuningdek, bozor hududidagi bo‘sh turgan bino-inshootlar milliy arxitektura ishlanmalarini aks ettirgan loyihalar asosida rekonstruksiya qilinadi va qo‘shimcha yangi savdo rastalari quriladi.
Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi damda Madaniyat va turizm vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida O‘zbekiston davlat sirki binosini ham rekonstruksiya qiladi.
Ma’lumot uchun, “Turizm halqasi”ni tashkil etish xarajatlari uchun respublika budjetidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga 3 yil muddatga 100 milliard so‘m miqdorida budjet ssudasi ajratilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q