Jamiyat
O‘zgidromet xizmati agentligi ish haftasi davomida — 12−16-iyun kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, dam olish kunlari harorat biroz pasayganidan so‘ng ushbu haftada harorat yana asta-sekin ko‘tarila boshlaydi.
Haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo +37…+40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +41…+42 darajagacha isiydi. Bu iyun oyining o‘rtasi uchun ekstremal qiymatlar emas, ammo bu davrning iqlimiy qiymatlaridan yuqoridir, deydi mutaxassislar.
Respublika hududi bo‘yicha ushbu hafta davomida ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarda 12−13-iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
12−13-iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida ushbu haftada havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 12−13-iyunda 10 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechasi +23…+25 daraja, kunduzi +37…+39 daraja bo‘ladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q