O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar qanday tashabbuslarni ilgari surmoqda?
Siyosat
17:17 / 12.06.2023
2084
0
O‘zbekistonda 9-iyul kuni muddatidan ilgari prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. “Yuksalish” umummilliy harakati keng jamoatchilikni dasturlar bilan tanishtirish maqsadida tomonidan nomzodlarning 8 ta asosiy tashabbus va takliflarini keltirdi.
Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov (XDP) ilgari surayotgan 8 ta muhim tashabbus:
- mahalliy investorlarga ham xorijiy investorlar kabi bir xil imtiyozlar berish;
-
- tibbiyot xizmatlarni raqamlashtirish, shifokorlar tomonidan dorilarni tayinlashda elektron retsept tizimiga o‘tish;
-
- eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;
-
- maktab o‘quvchilar uchun jamoat transportidan foydalanishda tabaqalashgan tariflarni joriy qilish;
-
- kam daromadli fuqarolarga bepul maslahat beradigan yuridik klinikalar tarmog‘ini rivojlantirish;
-
- yashil hududlar, istirohat bog‘lari, bolalar o‘yingohlarini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning dam olishi uchun sharoitlarni yaxshilash;
-
- o‘zini o‘zi band qilgan deb hisoblanadigan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan 8 ta muhim tashabbus:
- 2030-yilgacha maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash va qamrov darajasini 100 foizga yetkazish;
-
- 2030-yilga qadar barcha aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan so‘zsiz ta’minlash, bunga 2,5 milliard dollar ajratish;
- keyingi 7 yilda 15 milliard dollar yo‘naltirish hisobiga qo‘shimcha 1 million xonadonli uy-joylar qurish;
-
- avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘lishi uchun 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalarini ishga tushirish va ishlab chiqarish hajmini yiliga 1 million donaga yetkazish;
-
- 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotni 2 barobar oshirib, 160 milliard dollarga yetkazish;
-
- kelgusi yillarda biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma va mol-mulk solig‘i stavkalari oshirilmasligini qat’iy kafolatlash;
-
- “Ochiq budjet”ga yo‘naltiriladigan mablag‘larni 3 karra oshirib, 24 trillion so‘mga yetkazish;
-
- mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari davlat va xalqning doimiy g‘amxo‘rligida bo‘lishini ta’minlash, ularning farzandlariga oqishga va oliygohlarga kirishda yengilliklar berish.
“Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova ilgari surayotgan 8 ta muhim tashabbus:
- hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy bir xil o‘sishni ta’minlash, barcha tuman va shaharlarni bir maqomda rivojlantirish;
-
- sudyalar sonini ko‘paytirish, oilaviy, mehnat, intellektual mulk, voyaga yetmaganlar bo‘yicha ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllantirish;
-
- “Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish,
-
- yo‘lsozlik sohasidagi ishlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
-
- tadbirkorlarni kreditni (imtiyozli kreditdan tashqari) maqsadsiz sarflaganlik uchun javobgarlikka tortish amaliyotiga barham berish;
-
- advokatura institutini rivojlantirish, sudyaning sud protsessidagi rolini kamaytirish, asosan dalillarni baholashga urg‘u berish,
-
- mahalliy kengashlarga tuman (shahar) hokimlariga nisbatan ishonchsizlik bildirish huquqini berish;
- deputatlar ish vaqtining yarmini o‘z saylovchilar yonida o‘tkazishni belgilovchi tartibni joriy etish.
Ekologik partiyadan prezidentlikka nomzod Abdushukur Hamzayev ilgari surayotgan 8 ta muhim tashabbus:
- investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish maqsadida “Yashil viza” (Green Visa) dasturini joriy etish;
-
- shaharlar bosh rejalarini tuzishda yashil maydonlar kamida 30 foizni tashkil etishi talabini qonunchilikda belgilash;
-
- polietilen, poliamid tarkibli qadoqlash mahsulotlari, bir martalik ishlatiladigan plastik idishlardan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechish;
-
- shaharlar markazlarida har haftaning juma kunini avtomobilsiz kun sifatida belgilash va shaxsiy transportdan foydalanmaslikni keng targ‘ib qilish;
-
- ekologik qonunchilikni kodifikatsiyalash, Ekologiya, Suv, O‘rmon kodekslarini qabul qilish;
-
- oqova suvlarni tozalash inshootlari samaradorligi past bo‘lgan hududlardagi inshootlarni modernizatsiya qilish va yangilarini qurish;
-
- davlat idoralari faoliyatida, tenderlarda, davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni kengaytirish choralarini kuchaytirish;
-
- pestitsidlardan foydalanishdan voz kechishga yo‘naltirilgan “Yashil O‘zbekiston — 2030” dasturini ishlab chiqish.
Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7 iyundan boshlandi. O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etayotgan har bir nomzodga targ‘ibot tadbirlari uchun 4 milliard 914 million so‘m ajratilgan.
Izoh yo‘q