Jamiyat
Internet orqali aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallar tarqatgan qashqadaryolik yigit 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda OʻzA xabar qildi.
Qashqadaryoning Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro 2019—2022-yillarda Rossiyada mehnat migranti boʻlib ishlagan davrida internet orqali terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriy, Sodiq Samarqandiy, Mahmud Abdulmoʻmin va boshqalarning “hijrat” va “jihod” qilishga, islomiy davlat qurishga chorlovchi maʼruzalari taʼsiriga tushib qoladi.
Soʻngra Instagramʼda profil ochib, 1800 nafardan ortiq obunachilariga aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni tarqata boshlaydi. Shuningdek, Telegramʼda ham “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti vakillari bilan aloqa oʻrnatib, tashkilot gʻoyalari singdirilgan va amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga xizmat qiluvchi materiallarni targʻib qilish bilan ham shugʻullanadi.
Bundan tashqari, YouTubeʼdagi “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining targʻibotchisi bilan bogʻlanib, uning faoliyatini faollashtirish maqsadida bank ilovasi orqali katta miqdorda pul mablagʻi yuboradi.
2022-yilning sentabrida Oʻzbekistonga qaytib kelganidan keyin ham, u gʻayriqonuniy harakatlarini davom ettiradi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyiladi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tuman sudining hukmi bilan, mazkur shaxs Jinoyat kodeksining 155-3, 159 va 244-1-moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q