Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida katta yong‘in yuz bergani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, 11-iyun kuni 21:41 da Zangiota tumani “Quyoshli” MFY hududidan o‘tgan m-39 avtomobil yo‘li bo‘yida taxminan 150 kvadrat metr ochiq maydonda quruq o‘t yongan. Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:47 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:50 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112397
Jamiyat
95056
Jamiyat
91264
Jamiyat
75968
Jamiyat
//
Izoh yo‘q