Oʻzbekistonda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yildan yilga kamaymoqda

Saqlash
21:26 / 09.06.2023 1726 0

Oʻzbekistonda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish mos ravishda yildan yilga kamaymoqda. 2023-yilning yanvar-aprel oylarida yirik korxonalar tomonidan 717 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

 

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich 2022-yil yanvar-aprel oylarida 1 ming 188 tani, 2021-yil yanvar-aprel oylarida esa 1 ming 268 tani tashkil etgan.

 

2023-yil dastlabki 4 oyda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish 2022-yilga nisbatan 471 taga, 2021 yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan esa 551 taga kamaygan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//