Toshkentda 55 yoshli erkak podyezdda 7 yoshli qizga tegajogʻlik qildi

Saqlash
19:52 / 09.06.2023 1956 1

Toshkentda 7 yoshli qizga koʻp qavatli uy podyezdida tegajogʻlik qilgan erkak qoʻlga olindi, deb xabar beradi “Sukut saqlama” loyihasi.

 

Maʼlum qilinishicha, 8-iyun kuni soat 17:00 da Mirzo Ulugʻbek tumanida (Musavvirlar bekati) oʻrta yoshdagi begona erkak 7 yashar qiz orqasidan “podyezd”ga kirgan. Oʻsha uyda yashaydigan qiz 1-qavatda turadigan dugonasining oldiga kelgan. Erkak qizni qoʻrqitib, roʻparadagi eshik oldiga olib borib, qizni oʻpib, intim joylarini ushlagani va boshqa uyatsiz xatti-harakatlar qilgani aytilmoqda. Qizning dugonasi uning kelavermaganidan xavotir olib, oʻzi koʻchaga chiqqanida erkak hodisa joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchining ota-onasi holat boʻyicha darhol ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

 

Aniqlanishicha, ushbu shaxs Qibray tumanida istiqomat qiluvchi 1968-yilda tugʻilgan oilali erkak boʻlib chiqqan.

 

“Kecha tergovchi Jinoyat kodeksi 129-moddaning 3-qismi (shaxsning oʻn olti yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda, unga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatmoqchi edi. Unga koʻra 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi beriladi”, — deyiladi xabarda.

 

“Sukut saqlama” mualliflari videoda 119-modda 4-qismiga (zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish) muvofiq jinoyatning toʻliq tarkibi aks etgan, deya hisoblaydi. Mazkur modda 15 yildan 20 yilgacha qamoq jazosini nazarda tutadi.

 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.

1 Izoh

Нодира

12:01 / 01.01.1970

Odamlarga nima bo‘ldi, bunday millat emasdik, yo biz bilmaganmiz

Izoh qoldirish

//