Jamiyat
2023-2024 oʻquv yilida oliy taʼlimga ajratiladigan kvota boʻyicha oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov maʼlumot berdi. Unga koʻra, bu yil 381 ming abituriyentni qabul qilish rejalashtirilgan. Shundan 60 ming kvota grantlar uchun ajratiladi.
“Biz davlat oliy taʼlim muassasalari uchun grantlarni tasdiqlab beramiz. Toʻlov kontrakt kvotasini esa hozircha 40 dan ortiq mustaqillik berilgan OTM oʻzi uchun belgilab olyapti. Mustaqil boʻlmagan OTM esa oʻzining boʻysunuvidagi vazirliklar va Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishib, kvotalarni tasdiqlaydi. Qabul parametrlari tasdiqlanganidan keyin yana batafsil maʼlumot beramiz”, – dedi vazir.
Abdurahmonovning maʼlumot berishicha, hozir yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrab olinishi 38–39 foizga yetgan, bu qamrov yangi oʻquv yilida 42 foizga yetishi koʻzlanyapti. Bitiruvchilarning oliy taʼlim bilan qamrovi esa 60 foizga yaqinlashyapti.
Vazir, shuningdek, bu yil qancha abituriyent hujjat topshirishi kutilayotganiga ham toʻxtaldi. Maʼlum boʻlishicha, oliy taʼlim va professional oʻquv yurtlari bilan qoʻshib hisoblaganda, bu yilgi qabulda 1 million 200 nafardan ortiq abituriyent hujjat topshirishi kutilyapti.
Maʼlumot uchun, bu yil imtihonlar pandemiya davridagi kabi ochiq maydonlarda emas, usti yopiq binolarda oʻtkaziladi. Bu uchun respublika boʻylab 92 ta hudud tanlab olinib, roʻyxati eʼlon qilingan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q