Jamiyat
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 171-maktab hovlisidagi 26 tup “gledichiya” daraxtlari kesilgani oqibatida o‘simlik dunyosiga 312,1 mln. so‘m zarar yetkazilgan. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 171-maktab hovlisida 26 tup daraxt kesib tashlangani muhokamalarga sabab bo‘lgan, kesilgan daraxtlar suratlari eʼlon qilingan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112224
Jamiyat
94901
Jamiyat
90990
Jamiyat
75771
Jamiyat
//
Izoh yo‘q