Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifning birinchi kunida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ofisiga tashrif buyurdi va uning bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston bilan ushbu muhim ixtisoslashtirilgan xalqaro institut o‘rtasidagi hamkorlikni, eng avvalo, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari keyingi yillardagi samarali hamkorlik natijalarini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
O‘zbekistonda FAO ofisi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Oxirgi bir necha yilda hamkorlik portfeli uch barobar kengaydi va bugungi kunda yer va suvdan foydalanish, agrosanoat majmui, o‘rmon xo‘jaligi, ekologiya, chorvachilik va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligiga xatarlar kuchayib borayotgan sharoitda sheriklikni yanada kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekani qayd etildi.
Oziq-ovqat xavfsizligi, fundamental ilmiy tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, Orolbo‘yining ekologik muammolarini hal qilish va boshqa sohalarda aniq loyiha va tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan 2030-yilga qadar hamkorlik bo‘yicha yangi keng ko‘lamli dasturni ishlab chiqish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.
FAO shafeligida Samarqandda o‘tkaziladigan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
Bosh direktor Syuy Dun’yuy O‘zbekistonda agrar sohani modernizatsiya qilishga qaratilgan tarkibiy islohotlarni qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev bosh direktorga shu yil iyul oyida bo‘lajak FAO rahbari saylovida muvaffaqiyat tiladi.
Shu bilan birinchi kunning tadbirlari yakunlandi. Davlat rahbari Milan shahriga jo‘nab ketdi. Bugun, ushbu hududda tashrifning ishbilarmonlik dasturi bo‘lib o‘tadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q