Jahon
Istanbulda namoyishchilar turk lirasining qadrsizlanishi fonida Turkiya hukumatini isteʼfoga chaqirmoqda. Turk lirasi inflatsiyasidan soʻng Istanbul va Anqarada norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi halk.tv.
Seshanba kuni turk lirasi bir dollar uchun 11,37 dan 13,21 liragacha koʻtarilib, yangi antirekord oʻrnatdi. Bu holat Turkiya markaziy banki oʻtgan payshanba kuni foiz stavkasini 16 foizdan 15 foizga tushirganidan keyin va dushanba kuni Prezident Toyib Erdoʻgʻon foiz stavkasini yanada pasaytirishga chaqirganidan keyin sodir boʻldi. Shundan soʻng turkiyaliklar “Hükümet istifa” deb yozilgan plakatlarni koʻtarib, hukumat isteʼfosini, hukmron “AKP” partiyasining hokimiyatdan ketishini talab qilib koʻchaga chiqishdi. Namoyishlar avj ola boshlagach, politsiya yordamida namoyishchilar tarqatib yuborildi.
Asosiy muxolifat partiyalari yetakchilari Erdoʻgʻonni layoqatsizlikda ayblab, muddatidan oldin saylov oʻtkazishga chaqirdi. Davlat rahbari, oʻz navbatida, prezidentlik va parlament saylovlari rejalashtirilganidek, 2023-yil iyun oyida oʻtkazilishini bildirgan.
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
110797
Jamiyat
94453
Jamiyat
90372
Jamiyat
74268
Jamiyat
//
Izoh yo‘q