Jamiyat
Adliya vazirligi tomonidan yoʻl belgilarini oʻrnatish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur qonun qabul qilinsa, taqiqlovchi yoʻl belgilari oʻrnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi, yoʻl belgilari dislokatsiyasi onlayn tarzda eʼlon qilib boriladi.
Loyihada quyidagi tartiblar belgilanmoqda:
taqiqlovchi yoʻl belgilarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi;
yoʻl belgilari reyestri shakllantiriladi hamda reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yoʻl belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi;
yoʻl belgilarining dislokatsiyasi onlayn tarzda eʼlon qilib boriladi.
Taqiqlovchi yoʻl belgilari faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida oʻrnatiladi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111036
Jamiyat
94509
Jamiyat
90450
Jamiyat
74506
Jamiyat
//
Izoh yo‘q