Jamiyat
Toshkent shahrining Yashnobod, Bektemir hamda Chilonzor tumanlari hududidagi qisman aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi 8-iyun kuni soat 18:00 ga qadar vaqtinchalik oʻchirildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyaviy uzilishlarni oldini olish va tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan belgilangan davlat dasturlari asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinyapti.
Shu sababli ushbu hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Bektemir tumani — “Iyk ota” MFYning Maʼrifat va Hurriyat koʻchalari hamda “Oltintopgan”MFYning Oltintopgan koʻchalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Yashnobod tumani — Baku, Boysun, Gʻijduvon, Hovot, Marv, M.Ashrafiy, Tuzel 1-mavzesi, Sialkova, Tovkantepa, Bahor, Yangihayot, P.Mahmud, Maxmur, Turizm kolleji, Parkent, Oltintepa, S. Azimova, Toʻytepa, Istiqbol, Darxon, Ilgʻor shox, “Mirishkor” MFY hamda Qashqadaryo koʻchalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Chilonzor tumani — Nurxon, Afshona hamda Qoʻshchinor koʻchalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchiriladi.
Shuningdek, maʼlum qilinishicha, “Qoʻqon” podstansiyasida 35 kilovatli yuqori kuchlanishli kabel tarmogʻining shikastlanishi oqibatida favqulodda avariya holatida elektr energiyasidan uzilish sodir boʻlgan. Buning oqibatida Mirobod va Yakkasaroy tumanlari hududidagi isteʼmolchilarining bir qismida elektr taʼminotida uzilish kuzatilmoqda.
“Ayni vaqtda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filialining yuqori kuchlanishli avariyaviy holatlarini bartaraf etish maxsus tezkor brigadalari tomonidan podstansiyadagi nosozlikni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq 8-iyun kuni Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminotining ham vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar berilgandi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Мактуба
12:01 / 01.01.1970
Ўзи свети хар куни ўчирип ётипти жонга тейди ку нимаси бу а хозир каникул бўса хамма болла уйда бу иссиқда ким кўчага чиқип ўйниди 🥵🥵