Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot sohasining faol va tashabbuskor yosh vakillarini birlashtirish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston shifokorlari” platformasi yaratildi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yangi platforma Oʻzbekistonda va xorijda faoliyat yuritayotgan 45 yoshgacha boʻlgan shifokor vatandoshlarimiz uchun moʻljallangan. Platformada oʻzbek tibbiyoti oldida turgan dolzarb masalalar va ularning yechimlari boʻyicha yangi gʻoya, taklif hamda tashabbuslar qabul qilinib, sogʻliqni saqlash tizimi rivojiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada muhokama etiladi. Shuningdek, eng yaxshi gʻoya va takliflar bergan yosh shifokorlar vazirlik istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Buning uchun shifokorlar https://ssv.uz/uz/vacancy?vaca... manzili orqali roʻyxatdan oʻtib, gʻoya va takliflarini qoldirishlari mumkin.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
109862
Jamiyat
94208
Jamiyat
90039
Jamiyat
73236
Jamiyat
//
Izoh yo‘q