Jamiyat
Poytaxtdan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekati—Chorvoq yoʻnalishida har kuni uchta grafik asosida harakatlanadi.
Qatnov masofasi 75 km boʻlgan yoʻnalishda yoʻlovchilar belgilangan manzilga 1 soat-u 10 daqiqada yetib boradi.
Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da joʻnaydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.
Qatnovlar “Uzautotrans service” korxonasining “Yutong” avtobuslarida amalga oshirilib, yoʻlkira narxi 15 ming soʻmni tashkil etadi.
Avvalroq davlat rahbari “Qamchiq” dovoni orqali turistik mikroavtobus, Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilishini belgilab bergandi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112366
Jamiyat
95030
Jamiyat
91226
Jamiyat
75938
Jamiyat
//
Izoh yo‘q