Jamiyat
1-may kuni AQShning migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan 26 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ular Oʻzbekiston va AQShning tegishli idoralari muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida qaytarilgan. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va ularning xavfsiz olib kelinishini taʼminlash kabi barcha zarur tashkiliy va huquqiy tartib-taomillar tezkorlik bilan kelishib olingan.
Oʻzbekiston migratsiya sohasida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni doimiy ravishda rivojlantirib, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olishga, shuningdek, chet eldagi oʻz fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112361
Jamiyat
95025
Jamiyat
91216
Jamiyat
75929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q