Jamiyat
Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari “Abituriyent” koʻrsatuvida kirish imtihonlariga oid savollarga javob berdi.
“Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlov qilishadi. May oyidan BHM miqdori 330 ming soʻm etib belgilangan va abituriyentlar buning yarmini – 165 ming soʻm miqdorida toʻlov qiladi”, — deb maʼlumot berdi agentlik xodimi Jamshidbek Odilov.
Qayd etilishicha, hamma abituriyentlar ham testda qatnashish uchun toʻlov qilmaydi. Xususan:
oʻqishni test oʻtkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi boʻlgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da roʻyxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun toʻlov qilmaydi.
Abituriyentlarni roʻyxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Chet tilidan ijodiy imtihon oʻtkaziladigan yoʻnalishlar uchun qabul 10-iyulda yakunlanadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
112207
Jamiyat
94884
Jamiyat
90973
Jamiyat
75752
Jamiyat
//
Izoh yo‘q